Maktab haqida

.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

4-12-2020, 16:06

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari Qozog‘istonning ko‘p millatli xalqini davlat bayrami – Birinchi Prezident kuni bilan samimiy qutlab, tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Amaliy hamkorlikka oid qo‘shma loyiha va dasturlarni, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Prezidentlar xalqaro kun tartibini, jumladan, shu oyda O‘zbekiston Respublikasi raisligida bo‘lib o‘tadigan MDH sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini ham muhokama qildilar. Hamdo‘stlik va boshqa mintaqaviy hamda global tuzilmalar doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.
Suhbat so‘ngida qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga ikki tomonning ham intilishi qat’iy ekani tasdiqlandi.

Urganch ixtisoslashtirilgan maqom san'ati maktab-internati

Direktor: Atadjanov Azamat Bekchanovich
Telefon: +99855601-74-35
Faks: +99855601-74-36
Pochta: info@maqom-internat.uz
Qabul kunlari: Dushanba 09:00 dan 13:00 gacha
info@maqom-internat.uz
UIMSMI
UIMSMI
UIMSMI