QUVAYT ELCHISI O‘ZBEKISTONDA TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLARNI YUKSAK BAHOLADI

29-03-2022, 09:52
Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Quvayt davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muhtor elchisi janob Ahmad Holid al-Jiyron bilan uchrashdi.
Uchrashuvda vazir Quvayt davlati elchixonasining O‘zbekistonda xalq taʼlimini rivojlantirish siyosatiga befarq emasligidan mamnunligini izhor etdi hamda xalq taʼlimida bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Ahmad Holid al-Jiyron O‘zbekistonda taʼlimga bo‘lgan eʼtiborning yuqori darajada ekanligini taʼkidlab, O‘zbekistonda taʼlimni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.
Elchi ushbu uchrashuvdan asosiy maqsadi ikki mamlakat taʼlim tizimida uzviy hamkorlik aloqalarini bog‘lash uchun mustahkam ko‘prik bo‘lish istagida ekanligini taʼkidladi.

Urganch ixtisoslashtirilgan maqom san'ati maktab-internati

Direktor: Atadjanov Azamat Bekchanovich
Telefon: +99855601-74-35
Faks: +99855601-74-36
Pochta: info@maqom-internat.uz
Qabul kunlari: Dushanba 09:00 dan 13:00 gacha
info@maqom-internat.uz
UIMSMI
UIMSMI
UIMSMI